Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Raqamli markirovka qilinmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish taqiqlanadi

Qarorga (737-son, 20.11.2020 yil) ko‘ra, ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin O‘zbekiston hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

2020 yil 1 dekabrgacha “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (“Asl belgisi” MAT) joriy qilinadi.

Identifikatsiya vositalari yordamida raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu ro‘yxatda ayrim turdagi maishiy texnika mahsulotlari ham kiritilgan. Ammo bu bo‘yicha talab muddati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.