Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak begona ayolni zo‘rladi

O‘zbekistonlik erkak kunduz kuni Tver (Rossiya) viloyatidagi ko‘chalardan birida yo‘lida uchragan birinchi ayolni ayovsiz kaltaklagan, keyin uni zo‘rlab voqea joyidan qochgan, deb xabar berdi "Region Online"nashri.

Jabrlanuvchi ayol politsiyaga murojaat qilgan. Tan jarohatlari bo‘yicha tibbiy xulosa olinib, jinoyatchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, hozirda gumonlanuvchi ushlangan va qamoqqa olingan.

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.