Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saida Mirziyoyeva: «Yillar shiddat bilan o‘tib ketmoqda…»

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida oilaviy suratni e’lon qildi.

Surat ostiga esa quyidagi izohni yozib qoldirdi:

«Yillar shu darajada shiddat bilan o‘tib ketayaptiki, ushbu suratga ham mana 6 yil bo‘libdi. Charchagan chog‘imda yoki biron bir masala yechimida qiyinchiliklarga duch kelganimda turmush o‘rtog‘imning mustahkam yelkasi hamda farzandlarimning qaynoq mehri menga yanada kuch bag‘ishlaydi».

Bundan tashqari Saida Mirziyoyeva -«Bizning har bir qarorimiz oilalarimiz farovonligi, farzandlarimiz baxti va quvonchiga sabab bo‘lishi kerak. Aslida insondan o‘zi shu qolar ekan. Yillar shiddat bilan o‘tib ketmoqda…» .