Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saidrizo Alizoda yod etildi

Ma’rifatparvar olim, jurnalist, tarjimon Saidrizo Alizoda tavallud topgan kun munosabati bilan Samarqand shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi F.Toshev, Farhod Alizoda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Nusrat Rahmat, shoira Xosiyat Bobomurodova, Shohruh Behbudiylar so‘z olib, ma’rifatparvarning hayot maktabi, ayniqsa o‘zbek, tojik, rus tillarida ijod qilganligi tilga olindi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar Saidrizo Alizoda mangu qo‘nim topgan maskanni ziyorat qildi, uning haqiga duo qilinib, ibrat bo‘luvchi fazilatlari yodga olindi.

Husan Eltoyev.