Samarqand shahrida 6 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda

Samarqand shahrining 2040 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi ishlab chiqilib, uni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi hukumatga taqdim etilgan.

Shahar bosh rejasining asosiy ko‘rsatkichlarida Samarqand mahalliy tizimini turistik, ma’muriy-xo‘jalik, ilmiy, madaniy va sanoat markazi jihatidan yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Bosh reja loyihasiga muvofiq 14 ta ajratma yo‘llar, 6 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, Gagarin ko‘chasining davomini qurib kengaytirish hisobiga "M-39" yo‘lini Xo‘ja Ahrori Vali ko‘chasi orqali "M-37" yo‘li bilan bog‘lash, Navoiyshox ko‘chasi davomini qurish orqali Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan bog‘lash va yana bir qator yangi yo‘llar qurish mo‘ljallangan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.