Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida yuz bergan YTHda hech kim jarohat olmagan

Bugun, 14 dekabr kuni soat 12:30 larda Samarqand shahrining Registon ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi B.A. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3“ rusumli, 30S 939 PA davlat raqam belgili avtomashinasini boshqarib borayotgan vaqtida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqqan.

Oqibatda ushbu qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi O.B boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” rusumli, 30 A 663 KA davlat belgili avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan, haydovchilar hushyor holda bo‘lgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB YHXB QSB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.