Samarqand viloyat prokuraturasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti ochildi

Samarqand viloyat prokuraturasida bugungi kunda 100 nafarga yaqin 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali viloyat prokuraturasi va bu orqali tuman (shahar) prokuratura organlarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning manfaatiga xizmat qiladigan turli ko‘rik-tanlovlar, aksiyalar hamda madaniy,ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etishdan iborat.
Shu munosabat bilan bugun viloyat prokuraturasida o‘tkazilgan ta’sis yig‘ilishida so‘z yuritgan viloyat prokurorining o‘rinbosari Astonov Samandar Mustafoqulovich tomonidan ushbu jixatlar to‘g‘risida alohida ta’kidlandi.
Samarqand viloyat prokuraturasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum va mazkur Memorandumdan kelib chiqib kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar xaqida gapirdi.
Xususan, “Yoshlar markazi” binosida “Prokuror xonasi”ni tashkil etiladigan bo‘ldi va bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishdan iborat ekanligi, shuningdek, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida viloyatda ilk marotaba “Yosh huquqshunoslar forumi”, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan bolalar o‘rtasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha tegishli yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar, “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovlari, “Mening huquqim” mavzusidagi teledasturlar, “Prokuror va yoshlar” uchrashuvlarini grafik asosida tashkil etilishiga mazkur Memorandum asos bo‘lib xizmat qilishi hamda yoshlarga prokuratura organlarining eshigi har doim ochiq ekanligi alohida ta’kidlandi.
Viloyat prokuraturasi xodimlari tavsiyasiga binoan nomzodlar orasidan viloyat prokuraturasining tergovchisi Xamdamov Zafar Alisherovich boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga saylandi.