Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Zafar Avazovich Ergashev 2019 yil 9 dekabrdan viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim Kamoliddin Shermatov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agroinpeksiyaga boshqarma boshlig‘i lavozimiga o‘tgach, 2019 yil 4 apreldan buyon vakant bo‘lib turgan edi.

Z.Ergashev 2015-2016 yillarda Samarqand viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori, 2016 yildan Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Muhandis-texnolog, iqtisodiyot, biznes boshqaruvi mutaxassisliklariga ega bo‘lgan Zafar Ergashev 1975 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan.

U 2008-2015 yillarda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida (o‘sha vaqtda qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lgan) turli vazifalarda mehnat qilgan.