Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 266 nafar abituriyent test sinovlaridan norozi

Oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyasiya tartibida shikoyat qilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga ko‘ra, Davlat test markazining Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan joriy yilning 21 avgustidan 30 avgustigacha test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan 266 nafar abituriyentning apellyasiya shikoyati arizalari qabul qilingan. Har bir murojaatchiga apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish vaqti, ishtirok etish sanasi haqida xabarnoma taqdim etildi.

Bundan tashqari, Davlat test markazining Toshkentdagi manzili va test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi haqida batafsil tushuntirildi.

Bu haqda Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Nosir Eshonqulov xabar berdi.

Saytimizni kuzatib boring, apellyasiya natijalari haqida batafsil ma’lumot beramiz.