Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda "gashish" giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand shahri hududida “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir jarayonida Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida yashab kelayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan F.P. ning yashash manzilidan 5.83 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi hamda 1.5 grammga teng bo‘lgan 5 dona kapsula tarkibida “Lirika” psixotrop moddasi aniqlangan. 

Shuningdek, ushbu xonadondan topilgan “Tropikamin” preparati va boshqa tarkibida psixotrop moddalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan preparatlar tekshirib ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBga yuborilgan.

Holat yuzasidan fuqaro F.P.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.