Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda hamshiralikka ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga tushdi

Joriy yilning 27 noyabr kuni Samarqand viloyati IIBga S.I. ariza bilan murojaat qiladi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida ishlovchi “R” va “A” ismli shaxslar murojaatchining N. ismli tanishini hamshiralikka ishga kiritib berish evaziga 800 (sakkiz yuz) AQSh dollari talab qilayotganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, ushbu shaxslar ariza muallifidan 800 (sakkiz yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.