Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda qaysi turdagi jinoyatlar kamaygan?

Bu haqda bugun viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan brifingda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi rais O.Hayitov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyida Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 ta kam ko‘rib chiqilgan.

O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar ham kamaygan. Bunday turdagi 53 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘g‘irlik bilan bog‘liq ishlar 34 ta, mansab soxtakorligi 26 taga, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanishga oid jinoyatlar 33 taga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu raqamlar viloyatdagi huquq-tartibot organlarida qayd qilingan ma’lumot bilan mos tushmasligi mumkin. Negaki, qayd qilingan statistika, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan materiallar asosida tayyorlangan.