Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yana bitta oliy o‘quv yurti tashkil etiladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustda qabul qilingan “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Samarqandda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiallari ham tashkil etilgan edi.

Shu tariqa Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari soni 11 taga yetadi.