Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi 660 ming kitob fondiga ega kutubxona rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni o‘tkazilgan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan so‘ng viloyat hokimi E.Turdimov bu haqda ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Samarqanddagi eng katta, boy kitob fondiga ega muassasa hisoblangan Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ayni paytdagi shart-sharoit mutlaqo bugungi kun talablariga javob bermasligini ta’kidladi.

– Viloyatdagi bosh kutubxonaning shunday holatga kelishi, aslida, biz rahbarlar uchun uyat, – dedi E.Turdimov. – Qancha mablag‘ sarflansa ham bu pulni topib, markazni rekonstruksiya qilish, ta’mirlashni boshlaymiz. Bu asosiy e’tiborimizdagi masala bo‘ladi.