Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandga avtomobil to‘xtash joylari kerak emasmi?

Bu haqda yozaverib, gapiraverib charchadik, ammo ahvol yomon bo‘lsa bo‘ldiki, yaxshi tomonga o‘zgarmadi. Endilikda viloyat markazidagi ayrim ko‘chalar chetlari kechayu kunduz “avtomobil to‘xtash joyi”ga aylangan. Tag‘in “o‘roqda yo‘q, mashshoqda yo‘q” kimsalar bilagiga qizil tasma bog‘lab, ko‘chani daromad manbaiga aylantirib olishgan.

Shaharda birorta ham oshxona, restoran va supermarketlar yonida ixtisoslashgan maydoncha yo‘qligi sababli xaridorlar avtomashinalarni yo‘l yoqasiga qo‘yib, transport harakatiga xalaqit berishyapti.

Xo‘sh, aybni bir-birimizga tashlashdan boshqa nima qilish mumkin?

Birinchidan, avtoturar joylarni yer ustki, yer osti loyihalari ishlab chiqilsa.

Ikkinchidan, har bir oshxona, restoran, supermarket egalariga qisqa muddatda binosi yonida mashina to‘xtash joyi qurish shartini qo‘yish kerak.

Uchinchidan, bunday maydonchalarda boshqa xizmat shaxobchalarini tashkil etish mumkin.

Xullas, gap arxitektorlarning taklif va munosabatlarini kutib qolamiz.