Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik 339 nafar bitiruvchi oltin medal oladi

Foto: 20.06.2019

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim muassasalarida 2019-2020 o‘quv yili davomida 719684 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi.

Viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini 55864 nafar, 11-sinfini 53589 nafar o‘quvchi bitirmoqda.

Bitiruvchilar uchun bugun onlayn tarzda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi, deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati.

Yakuniga yetgan mazkur o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qigan 339 nafar 11-sinf bitiruvchisiga oltin va 75 nafariga kumush medal beriladi. 1533 nafar 9-sinf o‘quvchilariga esa a’lo darajali shahodatnoma topshiriladi.

Foto: 20.06.2019