Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDTIda onlayn darslar boshlandi

Respublikamizga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida barcha oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 2020 yil 16 mart kunidan boshlab ta’til (karantin) e’lon qilindi.

Samarqand davlat tibbiyot institutida talabalar uchun bugun, 1 apreldan boshlab tasdiqlangan dars jadvali asosida masofaviy onlayn darslar boshlandi. Onlayn tarzda darslarni masofadan turib o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar va vositalar institutda muhayyo qilingan. Jumladan, 2013 yildan boshlab institut ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarni joriy qilish maqsadida respublika oliy o‘quv yurtlari orasida birinchi bo‘lib o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi va elektron o‘qitish tizimi (moodle.sammi.uz) ishga tushirildi.

 Kredit-modul tizimida hozirda institutda ta’lim berilayotgan barcha yo‘nalishlarda o‘quv materiallar bilan to‘liq to‘ldirilgan. Video-darsliklar, elektron shakldagi darsliklar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar, test nazorati, vaziyatli masalalar va boshqa topshiriqlar tizimli ravishda joylashtirilgan.

Talabalar o‘zlashtirishini baholash ular tomonidan test savollari, rasm ko‘rinishida va amaliy jarayon ko‘rinishida bo‘lgan topshiriqlarni bajarishlarini baholash orqali amalga oshiriladi. Jarayon nazorati fakultet dekanlari tomonidan olib boriladi.

Tabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va yangi ma’lumotlar berish maqsadida institut tomonidan quyidagi telegram kanallar ham faoliyat yurgizmoqda:

Elektron darslar:

https://t.me/sammi_qr

Audio darslar:

https://t.me/sammi_audio

Video darslar:

https://t.me/sammi_video