Qo‘shrabotda do‘xtir bo‘lishni istovchilar ko‘p
SamDTI professorlari shunday xulosaga kelishdi.
Gap shundaki, Samarqand davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘quvchilarning qaysi fanga qiziqishi, qanday kasbni tanlashini bilish, ular bilan shu mavzuda suhbatlashish uchun Qo‘shrabot tumaniga borishdi.
Tumandagi 32- va 39-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan uchrashuvda professorlar o‘quvchilarga "Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?" degan savolni berishdi. Ularning ko‘pchiligi tibbiyot xodimi bo‘lishga qiziqayotganini aytishdi.
- Albatta, buning sabablari bor, - deydi SamDTI stomatologiya fakulteti dekani A.Ahmedov. - Keyingi ikki yilda institutimiz o‘qituvchilari viloyatimizdagi yuzlab maktablar, xususan, Qo‘shrabot tumanidagi ta’lim maskanlarida bo‘lib, shifokorlikning sharafli kasb ekani, ammo buning uchun maktabda a’lo baholarga o‘qish, ayniqsa, biologiya va ximiya fanlarini yaxshi o‘zlashtirish zarurligini ta’kidlaganmiz.
Uchrashuvdan so‘ng o‘quvchilarga bayram dasturi namoyish etildi, ularga sovg‘a-salomlar ulashdi.