Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU hisobxonasidagi barcha hujjatlar yaqin muddatda Davlat tili asosida yuritiladi

Joriy yilning 25 fevral kuni Zarnews.uz telegram kanalining “Mobil muxbir tanqid qiladi” rukni bilan Samarqand davlat universitetining hisob bo‘limidagi hujjatlar rus tilida yuritilayotgani tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Tanqid qilinganidek, SamDU hisobxonasida ayrim hujjatlar rus tilida yuritilmoqda. Sababi, biz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Samarqand viloyati bo‘limi mijozi hisoblanamiz.

Bank tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil oluvchi talabalarga ochilishi lozim bo‘lgan “HUMO” milliy plastik kartalariga o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar rus tilida hisobxonaga taqdim etilgan. Ammo yaqin muddat ichida bu hujjatlarni ham Davlat tiliga o‘tkazish rejasi tuzilmokda.

Shuni ham ta’kidlashimiz lozimki, ushbu hujjatlardan tashqari, barcha me’yoriy hujjatlarimiz o‘zbek tilida yuritiladi.

Ushbu telegram kanalida e’lon qilingan o‘rinli tanqidiy murojaat jamoamiz tomonidan muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yaqin muddatda barcha hujjatlar o‘zbek tilida yuritilishini ma’lum qilamiz.

A’zam ULAShEV,

Samarqand davlat universiteti bosh hisobchisi o‘rinbosari.