Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sardobadagi masjidlar “Vaqf“ fondi mablag‘i hisobiga ta’mirlanadi

Sardoba tumanidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan “Alisher Navoiy” va “Yusuf” jome masjidlari “Vaqf xayriya fondi mablag‘lari hisobiga ta’mirlanadi. Bu haqda fond o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 13 may kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari Sirdaryo viloyatiga yana bir bor tashrif buyurgan. Ular toshqin oqibatida zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi “Alisher Navoiy” va “Yusuf” jome masjidlari holati bilan tanishgan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, ushbu masjidlarga toshqin oqibatida jiddiy talafot yetganligi aniqlangan.

“Masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash — “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shunga muvofiq Fond tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan “Alisher Navoiy” masjidini tubdan qayta qurish hamda “Yusuf” jome masjidi binolarini kapital ta’mirdan chiqarish tashabbusini ilgari surdi“, deyiladi fond xabarida.

Fond saxovatpesha vatandoshlarni masjidni qurishdek xayrli ishda hamkorlik qilishga chorlagan va quyidagi hadisni keltirib o‘tgan:

“Kim Allohning roziligini tilab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga o‘shaning mislini qurib beradi”.