Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Qo‘shrabotda master-klass o‘tkazdi

Bugun Qo‘shrabot tumanida “Shaxmat bilan hamnafasman” shiori ostida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

’’Nuroniy’’ jamg‘armasi tuman bo‘limi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 14-60 yoshdan yuqori bo‘lgan havaskor shaxmatchilar bellashdi.

Ahamiyatli jihati, musobaqada shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Javohir Sindorov ishtirok etib, tumandagi yoshlarga mahorat darsi o‘tdi.

Shundan so‘ng J.Sindorov ishtirokchilarning barchasi bilan bir varakayiga musobaqalashdi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto).