Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Siyobcha kanali atrofi maishiy chiqindilardan tozalandi

Kecha, 21 oktyabr kuni Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Motrid va Xumo mahallalari markazidan oqib o‘tuvchi Siyobcha kanali va ko‘prik atrofi har xil maishiy chiqindilardan tozalandi.

Tozalash davomida ko‘prik atrofidagi manzarani ko‘rib, insonning shu darajada loqaydsizligi va befarqligiga hayron qolasan kishi. Axir suvni xalqimiz  obi-hayot deb ulug‘laydi.

Agar bir tomchi suvning qadriga yetmasak, bir kun kelib suvning katta uvoliga qolishni hamma biladiku?! Misol uchun, buyuk alloma al-Forobiy asarlarida ham borliqdagi 4 unsur – tuproq, havo, suv va olov muqaddasligi ta’kidlanadi. Zero, suvni e’zozlamoq, kelajakni asramoq demak.

Qadrli samarqandliklar, qadim va navqiron shahrimizning tozaligi va obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Ko‘chalarimizning tozaligi bizning yuzimizdir!