Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TABIIY VA SUYULTIRILGAN GAZ ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

Havo haroratining pasayib borishi natijasida aholi tomonidan xonadonlardagi yoz mavsumida ishlamay turgan isitish jihozlari (isitish pechlari, suv isitish qozonlari, AGV, AKGV va boshqa jihozlar) ishga tushiriladi. Lekin aksariyat hollarda fuqarolar tomonidan uskunalarni ishlatish yo‘riqnomasi talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasligi oqibatida kutilmagan ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida yoz mavsumida ishlamagan jihozlarni ishga tushirishdan avval albatta, ularning dudbo‘ronini (mo‘ri, dimoxod) va shamollatish (ventilyasiya) tizimlari soz holatda ekanligini tekshirish talab etiladi.

Dudbo‘ronni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1 Dudbo‘ron yaroqliligini uskunani ishga tushirmasdan oldin ip yoki yengil qog‘oz (salfetka) bo‘lagini uskuna yondirgichi ostidagi va alangani ko‘rish tirqishlariga olib boriladi (2 va 6-rasmda). Agar havo oqimi ip yoki qog‘ozni ichkariga tortsa, dudbo‘ron tortishi qoniqarli holatda bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, dudbo‘ron tortishi qoniqarsiz hisoblanib, uskunani ishga tushirish qat’iyan taqiqlanadi va darhol mutaxassisga murojaat qilish talab etiladi.

2 Agar uskuna ishga tushirilgan bo‘lsa, gugurt alangasini uskuna yondirgichi ostidagi va alangani ko‘rish tirqishlariga olib boriladi (2 va 6-rasmda). Agar alanga ichkariga qarab tortilsa, dudbo‘ron tortishi qoniqarli bo‘ladi. Aksincha, alanga tashqari tomonga harakat qilsa, dudbo‘ronda nosozlik yoki havo o‘tkazmaydigan qandaydir to‘siq mavjud. Bu holatda darhol gaz uskunasini jo‘mrakdan o‘chirish va 104 raqami orqali bog‘lanib, mutaxassis chaqirish shart. Mutaxassis tomonidan nosozlik bartaraf etilib, dudbo‘ron tortishi qoniqarli holatga keltirilmasdan oldin gaz uskunasini ishga tushirish qat’iyan taqiqlanadi.

“HUDUDGAZSAMARQAND” MChJ OGOHLANTIRADI!

Is gazi (yonish jarayoni hosilasi) - inson hayotiga jiddiy tahdiddir. Gaz iste’molchilari tomonidan “zangori yonilg‘i”dan foydalanish qoidalariga amal qilinishi isitish mavsumini bexatar va betalofat o‘tkazishni ta’minlaydi.

“HUDUDGAZSAMARQAND” MChJ MA’MURIYaTI.