Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlar diqqatiga!

Reklama bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, shuningdek, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘rsida”gi qarori qabul qilingan.

Shunga asosan viloyat hokimining 2020 yil 29 fevraldagi 31-Q-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha har bir tuman va shahar bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tuzgan holda, barcha turdagi tashqi reklama ob’yektlarini ushbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazildi, xatlov natijalari bo‘yicha joylashtirilgan tashqi reklama ob’yektlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirish joriy yilning
20 avgust kunigacha belgilangan edi.

Qaror talabiga javob bermaydigan xar xil turdagi shu jumladan, Samarqand shahrida 60 ga yaqin bilbord, brendmayuer, stela, prizmatron, bundan tashqari 500 ga yaqin xar xil turdagi noqonuniy e’lonlar, peshlavhalar demontaj qilindi va shahar tozalandi, Kattaqo‘rg‘on shahrida 100 dan noqonuniy e’lonlar va pelavhalar olib tashlandi, viloyatimizning boshqa tumanlarida ham 10 dan ortik bilbordlar olib tashlandi shu bilan birgalikda Samarqand viloyati bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli qarori talablariga mos kelmaydigan tashqi reklama vositalari moslashtirilmoqda.

Raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida, bugungi kunda davlat mulki bo‘lgan bino-inshootlarda elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi  orqali Samarqand shahrining 12 ta ko‘chasida 822 ta simyog‘ochlarga
2x1 o‘lchamdagi led monitor o‘rnatish sharti bilan savdoga chiqarildi.

Bundan tashqari, qarorning tegishli bandlarida yer uchastkalarini ham tuman va shahar hokimliklari auksionga chiqarish belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda barcha shahar va tuman hokimliklari tomonidan yer maydonining xatlov varag‘i, pasport namunalari tegishli tashkilotlar bilan kelishildi, ro‘yxatlar shakllantirilmoqda va yaqin kunlarda viloyatimiz bo‘yicha 800 dan ziyod nuqtalar “E-ijro Auksion” elektron savdo maydonchasiga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Bundan keyin reklama sohasida o‘z ishini boshlagan va boshlayotgan tadbirkorlar bemalol qatnashib o‘z tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, viloyatimiz iqtisodiy ko‘rsatgichlariga o‘z hissasini qo‘shadi.

Samarqand viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasining reklama faoliyatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Akbar XUDOYQULOV.