Tasvirlarda aks etgan urush izlari shahrimiz kinoteatrlarida bepul namoyish etiladi
- 06.05.2019 12:48
- 143
- Afisha
“O‘zbekkino” Milliy agentligi “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyat filiali Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi va 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab, Samarqand shahridagi “Sharq Yulduzi” kinoteatrida bir qator filmlar namoyish etiladi.
7, 8, 9 may kunlari soat 17:00 da Ikkinchi jahon urushi davrida xalqimizning mard o‘g‘lonlari tomonidan ko‘rsatilgan jasorat, yurt ozodligi uchun chekkan azoblari, urushdan keyingi qiyinchiliklar haqida so‘zlovchi “26-otilmasin”, “Sen yetim emassan”, “Toshkent non shahri” va ”Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmlari bepul namoyish etiladi.
Teglar:
kino
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Iqtisodiyotimiz tashqi muhitga qanchalik moslashuvchan?
- 14 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Tog‘ bag‘ridagi oltin ne’mat
- 2 soat avval
- Samarqand
“Samarqand – 3000 yillik meros”
- Kecha, 20:32
- Samarqand