Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Koreyadagi zavodda yuz bergan portlashda o‘zbek fuqarolari halok bo‘lgani haqida tarqalayotgan xabarga aniqlik kiritdi

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020 yil 15 may kuni Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi.

Elchixona konsullik bo‘limi xodimi voqea joyiga tashrif buyurdi, vaziyatni o‘rgandi va Haman tumani (Kyongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa o‘rnatdi. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.