Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushgan.

Unda 2020 yil 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqida xabar qilinadi.

Noqulay epidemiologik holat kuzatilayotgan davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi.

Shu munosabati bilan TIV O‘zbekiston hududi orqali Qirizistonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston va boshqa davlatlar fuqarolaridan Qirg‘iziston Hukumatining yuqorida aytib o‘tilgan qarorini hisobga olishni so‘raydi va Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatning Bishkek shahridagi elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.