Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojik-qirg‘iz chegarasida mojaro yuz berdi, ikki tojikistonlik yaralandi

Bugun qirg‘iz-tojik chegarasida mojaro yuz berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat davlat chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

Chegarachilar ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara oldi tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida Batken viloyatining Chek uchastka joyi 50 sotix yerdan foydalanish masalasida mojaro kelib chiqdi.

“Bu uchastka ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, biroq aslida qirg‘iz tomondan foydalanilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston har ikkila tomondan 30-40 fuqaro bir-biriga tosh otishni boshlagan. Hodisa vaqtida ov qurolidan o‘q uzish ovozi eshitilgan. Mojaro avj olishining oldini olish uchun Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari bir necha marta havoga qarata ogohlantiruv o‘qlarini otdilar”, deyilgan xabarda.

Tojikistondagi manbaning ma’lum qilishicha, qirg‘iz tomondan ov miltig‘idan o‘q otilgan.

Tojikiston Isfara shahri matbuot kotibi Iqbol Teshayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki tojikistonlik yaralangan.

Shundan so‘ng bir muncha vaqtga vaziyat tinchlandi. Ikki respublikaning chegaradosh hududlari aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Biroq Tojikiston MXQ ChQ chegarachilari kutilmaganda qirg‘iz chegarachilari va fuqarolariga qarata minamyotdan o‘q uzdilar.

Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uch chegara xizmatchisi turli darajada yaralandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ikki tomon MXX, chegara, IIV vakillari vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uchrashuv o‘tkazmoqda.