Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toqayevni g‘alaba bilan tabrikladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kecha 9 iyun kuni kechki payt telefon orqali saylov ekzitpollariga ko‘ra o‘z raqiblaridan katta ustunlik bilan oldinda borayotgan Qosim-Jo‘mart Toqayevni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Telefon so‘zlashuvi paytida tomonlar kelgusida tojik-qozoq munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda kecha 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi ekzitpollari natijasiga ko‘ra mamlakatdagi "Nur-Otan" partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Qosim-Jo‘mart Toqayev o‘z raqiblaridan katta farq bilan oldinda bormoqda. Turli ekzitpollar natijasiga ko‘ra saylovchilarning 70 foizi unga ovoz bergan.