Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘ydan bir kun o‘tib, ovqatdan zaharlanganlarning ahvoli yaxshi

Avvalroq Samarqand shahridagi Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” restoranidagi to‘yda ishtirok etgan ayrim fuqarolar ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik.

Restoranda o‘tkazilgan to‘yda odamlar ovqatdan zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ovqat toksikoinfeksiyasining yengil va o‘rta og‘ir darajasi tashxisi bilan yotqizilgan. Zaharlangan 11 nafar bemorning 7 nafari sog‘ayib, uyiga ruxsat berildi. Qolgan 4 nafar bemorlarning ahvoli qoniqarli. Hozirda shifoxonada davolash ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.