Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqda “savdosi pishgan” og‘ufurush qo‘lga tushdi

Toyloq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumani, Pastki Qalangar MFYda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan N.S. “N” ismli shaxsga 2 dona selofan paketga qadoqlangan, o‘ziga xos hidli, quruq holdagi, og‘irligi 77,9 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini 15.500.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan va daliliy ashyo hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.