Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

U-19 Osiyo chempionatining final bosqichlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi.

Kecha, 17 sentyabr kuni Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilish o‘tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi, deb xabar qilmoqda O‘FA.

Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu tariqa, mamlakatimiz o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 taqvimiga ko‘ra, bahslar kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.