Urgutda FHDYo bo‘limi mudiri ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumani FHDYo bo‘limi mudiri M.U. fuqarolar A.R. va M.F.ning nikohini bekor qilib, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan M.U.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.