Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda giyohvandlik moddasini sotayotganlar qo‘lga olindi

2019 yil 29 iyul kuni Samarqand viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tadbir o‘ztkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Tadbir davomida Urgut tumani Mirzabog‘lon qishlog‘ida yashovchilar 29 yoshli A.N. va 25 yoshli D.N.lar “Jartepa” MFY hududida 1 kg. 445,85 gr. “opiy” giyohvandlik moddasini 20000 AQSh dollariga sotayotganlarida ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.