Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uzoq vaqtdan buyon nabiralariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ololmayotgan fuqaroga xotin-qizlar qo‘mitasi yordam berdi

Samarqandda tashkil etilgan “Ayollar ijtimoiy himoyasi - ijtimoiy faollik poydevori” nomli forum doirasida Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘onida joylashgan Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi faoliyati bilan tanishildi.

Ma’lumki, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — har bir inson hayotida dastlabki rasmiy hujjat hisoblanadi. U fuqarolik pasporti kabi bolaning shaxsini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tadbirda uzoq vaqtdan buyon nabiralariga guvohnoma ololmayotgan Samarqand tumanida yashovchi fuqaro M.S.ning farzandlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.