Viloyat hokimi o‘rinbosari uylanishda namuna ko‘rsatdi. 167 nafar mehmon aytildi

Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvarjon Oripov o‘z nikoh to‘yini namunali tarzda o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ushbu namunali to‘y Termiz shahridagi “Shohsaroy” to‘yxonasida o‘tkazilgan. Anvarjon va Munisaxonning nikoh to‘yida 167 nafar kishi qatnashgan.
To‘yda kelin-kuyovning eng yaqin qarindoshlari, oila a’zolari ishtirok etishgani, to‘y ixcham va dabdabadan xoli o‘tkazilgani hamda mezbonlarning mehmondo‘stlik va xushmuomalalik hislatlari namoyon bo‘lgani aytiladi xabarda.