Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat hokimligi pillakorlarga tabrik yo‘lladi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun - 10 iyun kuni viloyat pillakorlari shartnomada belgilangan «kumush tola» rejani bajardi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimligi pillakorlarga tabrik yo‘lladi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

«Ob-havoning seryog‘in kelishi va tabiat injiqliklariga qaramasdan viloyatimiz «kumush tola» ijodkorlari pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy topshiriqni 2645 tonna o‘rniga 2646,6 tonnaga yoki 100,1 foizga bajarib, yuqori ko‘rsatkichga erishdilar.

Xususan, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Bulung‘ur, Ishtixon tumani pillakorlari viloyatda birinchilardan bo‘lib shartnoma rejalarini ortig‘i bilan uddalashdi.

Viloyat hokimligi pilla yetishtirishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha fermer xo‘jaliklariga, pillachilarga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi».