Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy bir qator amerikalik rasmiy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

AQSh tomonidan Gonkongga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga javoban, Xitoy 11 nafar amerikalik rasmiy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda 10 avgust kuni XXR TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.  

Senatorlar Marko Rubio va Ted Kruzlar ham sanksiyalar joriy etilgan rasmiylar ro‘yxatidan joy oldilar.

Bir muddat ilgari, AQSh moliya vazirligi 11 nafar Xitoy va Gonkongning yuqori lavozimli amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Ro‘yxatdan: Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lem, Gonkong politsiyasi rahbari Kris Tan, xavfsizlik vaziri Jon Li, adliya vaziri Tereza Chen, XXR Davlat kengashi qoshidagi Gonkong va Makao masalalari ofisi direktori Sya Baolun va boshqalar joy olgan.       

AQSh, bu odamlar “Gonkong avtonomiyasiga xavf solganliklari va Gonkong fuqarolarining so‘z erkinligiga va yig‘ilishlariga cheklov qo‘yganlari”, sababli ularga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi. Xususan, AQSh moliya vazirligi taqdim etgan hujjatda, Gonkong milliy xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun eslatib o‘tilgan.