Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan YaTT 1 kishidan ko‘p xodim yollash huquqiga ega emas

Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.

Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 kishidan ko‘p xodim yollash huquqiga ega emas.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan har bir ishchi uchun qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod qilingan bo‘lib, eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovi to‘lanadi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati.