Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yil boshidan buyon Samarqandda 405 kishi sud qarori bilan qamoqdan ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi va tuman (shahar) sudlari tomonidan 2020 yil boshidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan 1582 shaxsni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilib, mazkur taqdimnomalarning 1454 tasi qanoatlantirildi.

Jumladan,

- 23 shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan;

- 550 shaxs ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan;

- 210 shaxs muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan;

- 671 shaxs axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Bu shaxslarning 1307 nafarini erkaklar (10 nafari voyaga yetmaganlar, 453 nafari yoshlar va 48 nafari 60 yoshdan oshganlar), 147 nafarini ayollar (33 nafari yoshlar va 10 nafari 60 yoshdan oshganlar) tashkil etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan, 265 shaxsga nisbatan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi taqdimnomalar qanoatlantirilib, yengilroq jazo turlariga almashtirilgan.

O‘tgan davr mobaynida 405 nafar shaxs qamoqdan ozod qilingan bo‘lib, adashib jinoyat yo‘liga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan 160 dan ortiq yoshlar va xotin-qizlar mahalla va jamoatchilik kafilligi asosida qamoqdan ozod qilinib, o‘z oilalari bag‘riga qaytarildi.

O‘.Mamadaliyev, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari.