Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Zarafshon” kutubxonasidan tuhfa

Muhammad Sayfiy (1949 - 2005 yillar). Ishtixonning Safoxo‘ja qishlog‘ida yashab o‘tgan. SamDUda tahsil olgan va bir muddat poytaxt adabiy muhitida faoliyat ko‘rsatgan. U o‘tgan asrning ikkinchi yarmida barakali ijod qildi. Lekin hayot paytida to‘plam chiqara olmadi.

Jurnalistlar Farmon Toshev, Gulchehra Usmonova tashabbusi bilan hamda Ishtixon tumani hokimi Shuhrat Negmatov ko‘magida, "Mashhur press" nashriyotida marhum ijodkorning qo‘lyozmalari asosida ushbu "Orzuli, armonli dunyo bu" nomli kitobi nashrdan chiqdi.

O‘z vaqtida adabiy jamoatchilik tomonidan etirof etilgan lirik va falsafiy she’rlar Sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.