Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ezgulikka baxshida umr

Samarqand davlat chet tillar institutida “Zarafshon” va “Samarkandsiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda filologiya fanlari doktori, professor Inoyatulla Suvonqulovning “Ezgulikka baxshida umr” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taniqli olim tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda SamDChTI rektori I.To‘xtasinov, shoir va jurnalist F.Toshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va boshqalar I.Suvonqulovning o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ibratli ilmiy, ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritishdi.

Eslatib o‘tamiz, tilshunos olimning mazkur asari SamDChTI olimlari hamda “Zarafshon” gazetasi ijodiy xodimlari hamkorligida nashrga tayyorlandi. Kitobda I.Suvonqulovning ilmiy izlanishlari, yaratgan asarlari bibliografiyasi, shaxsiy fazilatlari, zamondoshlari va shogirdlarining u kishi haqidagi xotiralari bayon etilgan.

SamDChTI matbuot xizmati.