IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun pul to‘lay boshlaganidan xabaringiz bormi?

O‘zbekiston IIV qoidabuzarliklar aks etgan videolar uchun EKIHning 5% miqdorida pul mukofoti to‘lay boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bu haqda O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qonun 2019 yilning 1 iyulidan kuchga kirdi.

“Yangi tartib ishga tushdi, qoidabuzarliklar aks etgan videolavhalarni yig‘ish boshlandi. Ularni O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir kishi yuborishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Pul mukofotining qiymati eng kam ish haqining 5% miqdorida belgilangan. Bugungi kunda bu har bir qoidabuzarlik uchun 10136 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu mukofot qoidabuzarlardan undirilayotgan jarimalar hisobidan qoplanadi. IIVga qoidabuzarliklar haqida xabar bergan kishilar haqidagi ma’lumot maxfiy saqlanadi.