Saidrizo Alizoda ko‘chasi e’tibordan chetda emas
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Saidrizo Alizoda mahallasidagi 3 ta ko‘cha ta’mirga muhtoj ekani haqida xabarlar tarqaldi va bu jamoatchilik o‘rtasida turli xil fikrlarga sabab bo‘ldi.
Bu haqda shuni ma’lum qilamizki, mazkur mahalladagi ko‘chalar ta’mirga muhtoj bo‘lgani bois 2018-2019 yillarda ta’mirlanib, ikki kilometrdan ortiq yo‘lga asfalt yotqizildi va mahalladagi 80 foizdan ko‘proq ko‘chalar yangilandi.
Shuningdek, mahalladagi 50 ga yaqin simyog‘och eskirgani bois ularning o‘rniga beton tayanchlar va zamonaviy transformator o‘rnatildi. Ko‘chalarda tungi chiroqlarni o‘rnatish ishlari olib borilyapti.
Mahallada ta’mirlanmay qolgan ko‘chalarni 2020 yilda ta’mirlash rejalashtirilgan.
Samarqand shahar hokimligi
axborot xizmati.