Texnikalarni ta’mirlash uchun 5,8 milliard so‘m sarflandi

Qish qahratoni ortga chekinib, dalada yerni shudgorlash ishlari boshlanmoqda. Mavsum oldidan dehqonlarimizga yordam berish uchun 100 dan ortiq texnik xizmat ko‘rsatish maskanlarida payvandchi, texnik mutaxassislar tomonidan 5 milliard 848 million so‘mlik ishlar bajarildi.
Mutaxassislarimiz tomonidan 2020 yil bahorgi dala yumushlarida qatnashadigan 11 mingdan ortiq tishli borona, 961 ta chigit ekish seyalkasi, 1664 ta chopiq traktori va kultivator, 400 ga yaqin mineral o‘g‘it sepish moslamasi, 200 ga yaqin yer tekislagich, 440 ta chizel, 432 ta purkagich, 570 ta haydov traktorining texnik holati ko‘zdan kechirilib, sertifikatlar berildi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.