Zelenskiy Rossiya bilan urushda yo‘qotishlarini oshkor qildi. Xitoy Trampga qarshi kurashishda Yevropa, Yaponiya va Janubiy Koreyani birlashtirishga harakat qilmoqda

🔹 Vladimir Zelenskiy CBS News”ga: "Ukraina Qurolli Kuchlari yo‘qotilgan hududlarni qaytarishga qodir emasligini tan oldi va agar Kiyev Vashington yordamini yo‘qotsa, yangi yo‘qotishlarni istisno etmadi. Ukraina Qurolli Kuchlari 2022 yildan beri 100 mingga yaqin harbiy xizmatchilarini yo‘qotdi", ma’lum qildi Zelenskiy.

🔹 Bir necha oy davomida Xitoy AQSh bilan savdo, TikTok va hatto Tayvanni o‘z ichiga olgan keng qamrovli bitim tuzishga harakat qilmoqda. Ammo Trampning radikal pozitsiyasi Xitoyning ohangini o‘zgartirdi va endi u o‘z rasmiylarini “urush holatiga” qo‘ydi. Si Szinpin ayni damda tashrif bilan Vetnamda bo‘lib, keyin Malayziya va Kambojaga boradi. OAV Xitoy ularni Qo‘shma Shtatlarga qarshi "koalitsiya"ga tortishga harakat qiladi, deb hisoblaydi.

🔹 Tojikiston shimoli-sharqida kecha bir sutka ichida 5,8-5,9 magnitudali to‘rtta zilzila sodir bo‘lishi oqibatida Rasht va Tojikobod tumanlarida 94 ta turar-joy binosi butunlay vayron bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ma’lum qildi. Yana o‘nlab binolar qisman va kichik zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan", deyiladi departament xabarida.

🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada Eron bo‘yicha qaror qabul qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

🔹 Germaniyaning bo‘lajak kansleri Mers Ukrainaga “Taurus” raketalarini yetkazib berish tarafdori.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Donald Trampni mamlakatga tashrif buyurishni taklif qildi. “Iltimos, qaror qabul qilish va muzokaralar olib borishdan oldin, kelib, odamlarga, tinch aholiga, askarlar, kasalxonalar, cherkovlar, bolalarga qarang”. Tashrifdan keyin Tramp Putin "nimalar qilganini tushunadi", dedi u «60 minutes»ga bergan intervyusida.

🔹 19 aprelga rejalashtirilgan AQSh-Eron muzokaralarining ikkinchi raundi Rimda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Axios xabar bermoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Vitkoff ishtirok etgan muzokaralarning birinchi raundi 12 aprel kuni Ummonda bo‘lib o‘tdi. Vashington uchrashuvni “juda ijobiy va konstruktiv” deb atadi.

G.Xoldorova tayyorladi.