Majidov: Bu yil imtihon savollari ancha soddalashtirilgan

Shu kunga qadar 57 mingga yaqin abituriyent ruxsatnoma olmagan.
Bu haqda ayni daqiqalarda Davlat test markazi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
- Biz 29 iyulga qadar ruxsatnomalar beriladi degan edik, - dedi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov. - Agar bu abituriyentlar ulgurmasa imtihon topshiradigan joyida ham ruxsatnomalar berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu yil imtihonlar avvalgi yillarga qaraganda soddaroq tuzilgan va o‘qituvchilar e’tirozlari inobatga olingan.
Hozir markazning barcha xodimlari yopiq rejimda ishlamoqda va shaffoflik ta’minlanishi uchun barcha choralar ko‘riladi, deb yozmoqda O‘zA.