Odamlar sayyor qabulda murojaatlariga ijobiy yechim topdi

Moliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Toyloq hamda Past Darg‘om tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, muammolarini o‘rganish va masalani o‘z vaqtida ijobiy hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 33 ta masala o‘rtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 10 tasi joyida hal etildi, 6 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, qolgan murojaatlar o‘rganish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
– Uy-joy uchun subsidiya olish masalasida bir, ikki tashkilotga murojaat qilgan edim, - deydi toyloqlik Farangiz Fayziyeva. – Ammo ularning javoblaridan qoniqish hosil qilmadim. Moliya vazirligidan kelgan mas’ullarga rahmat, masalani aniq, sodda va qonuniy tarzda tushuntirib berishdi va yechimi bo‘yicha yordamlarini ayashmadi. Bu kabi sayyor qabullarda muammolarimizga yechim topilayotganidan xursandmiz.
Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.