Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi
Bugun Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti — https://pm.xtv.uz/ ishga tushdi. Ushbu veb-sayt orqali Prezident maktablari faoliyati va boshqa qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Saytda Prezident maktablarining Call center (ishonch telefoni), qabul jarayoni va boshqa ma’lumotlar ham o‘rin olgan.
Xususan:
✅ maktab haqida;
✅ STEAM ta’lim haqida;
✅ qo‘shimcha imkoniyatlar;
✅ onlayn qabul;
✅ topshiriladigan hujjatlar;
✅ bo‘sh ish o‘rinlari;
✅ xalq ta’limiga oid yangiliklar;
✅ va boshqalar.