Qadimiy samovarni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etishdi.

Qo‘shni davlatga chiqish uchun “Yallama” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.F.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning sumkasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan qopqog‘ida "Fabrika B.G.Teyle Aleksandr III Imp. Vseross" yozuvlari bo‘lgan, qiymati 5 000 000 so‘mlik 1 dona qadimiy samovarni yashirincha olib chiqayotgani aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.